2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda Tax Free tizimi joriy etildi. Endi xorijiy turistlar mamlakatdan chiqishda QQSning bir qismini qaytarib olishlari mumkin. Tizim Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlarida ishlaydi.

Tax Free — bu O‘zbekistonda sotib olingan va mamlakatdan olib chiqiladigan mahsulotlar uchun soliqni qaytarish tizimi. Qaytariladigan summa to‘lov usuliga bog‘liq. Karta orqali 90% gacha, naqd pulda esa taxminan 85% qaytariladi. Minimal xarid miqdori 300 000 so‘m. Tovar yangi bo‘lishi va olib chiqilishi shart. Xariddan keyin QR-kodli chekni Soliq ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. Aeroportda esa tovar, chek, pasport va boardingni ko‘rsatish talab qilinadi. Tasdiqlangandan so‘ng pul karta yoki naqd shaklda qaytariladi. Karta orqali odatda bir necha ish kuni ichida tushadi. Barcha do‘konlar tizimga ulanmagan, harid qilishdan oldin tekshirib kurishingizni tavsiya qilamiz. Ariza topshirish muddati 3 oy.

Bu tizim turistlarga xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Sayohatni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, mehmonxonalarni oldindan tanlash foydali.

Toshkent mehmonxonalari

Samarqand mehmonxonalari

Buxoro mehmonxonalari

 

Manbalar: Soliq.uz, Gov.uz, Uzbekistan Airways