“Osiyoda 2026-yilda eng yaxshi sayohat manzillari” to‘liq sharhi

Condé Nast Traveler jurnalining The Best Places to Go in Asia in 2026 ro‘yxatida O‘zbekiston — xususan Toshkent — Osiyoning eng yorqin yo‘nalishlari qatorida qayd etildi. Quyida ro‘yxatga kirgan barcha shaharlarga batafsil sharh keltirilgan.


Toshkent, O‘zbekiston — Markaziy Osiyoning yangi madaniy poytaxti

Toshkent ro‘yxatning eng kutilmagan va qiziqarli nomzodlaridan biri bo‘ldi. So‘nggi yillarda shahar katta o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda: yangi jamoat hududlari, ijodiy mavzelar, mustaqil galereyalar, zamonaviy muzeylar, festivallar va arxitektura loyihalari shahar qiyofasini yangilamoqda.

Toshkent bugun turli davrlar uyg‘un yashaydigan makon — sovet modernizmi zamonaviy arxitektura, raqamli madaniyat, san’at va yoshlar tashabbuslari bilan birlashmoqda. Shahar yashil, qulay va murakkab qiyofasiga qaramay, tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan maskan sifatida sayyohlarni o‘ziga tortmoqda.

San’at, gastronomiya, dizayn, musiqa va zamonaviy shahar madaniyatini izlayotganlar uchun Toshkent — yangi kashfiyotdir.


Udaipur, Hindiston — ko‘l bo‘yidagi saroylar va nafis dam olish

Udaipur Hindistonning eng go‘zal shaharlardan biri sifatida tanilgan. Ko‘llar, ulug‘vor saroylar, qadimiy ko‘priklar, ibodatxonalar va tor ko‘chalar bu shaharga alohida joziba bag‘ishlaydi — shu bois uni “Hindiston Venetsiyasi” deb ham atashadi.

So‘nggi yillarda Udaipur luxury-sayohat markaziga aylandi: saroylar butik mehmonxonalarga aylantirildi, yangi restoran va galereyalar ochildi. Shahar an’anaviy hind madaniyatini zamonaviy qulaylik bilan uyg‘unlashtiradi.


Naoshima, Yaponiya — zamonaviy san’at oroli

Naoshima — tabiat va zamonaviy san’at birlashgan noyob orol. Ochiq makondagi installyatsiyalar, Tadao Ando me’moriy loyihalari, Benesse House majmuasi va boshqa san’at maskanlari orolni Yaponiyaning eng qiziqarli madaniy yo‘nalishiga aylantirgan.

2026-yilda orol yangi ko‘rgazmalar va san’at dasturlari bilan alohida e’tibor qozonmoqda. Tinchlik, minimalizm va chuqur estetik tajribani istaganlar uchun ideal manzil.


Shenzhen, Xitoy — kelajak shahri endi madaniy markaz

Shenzhen ko‘p yillar davomida Xitoyning texnologik markazi sifatida tanilgan. Ammo bugun shahar moda, musiqa, dizayn, zamonaviy san’at va yirik shahar festivallarining yangi markaziga aylanmoqda.

Futuristik mavzelar, ijodiy hududlar, dizayner ko‘chalari, tungi hayot va gastronomiya Shenzhenni yanada jozibador qiladi. Bu yangi avlod megapolislari ruhini yaxshi ko‘radigan sayyohlar uchun mo‘ljallangan shahar.


Seul, Janubiy Koreya — hayot tarzi va innovatsiyalar poytaxti

Seul o‘nlab yillardan beri dunyoning eng jozibador shaharlaridan biri. Bugun u yana bir bor global e’tiborni tortmoqda. Sababi oddiy: Seul global lifestyle markaziga aylandi.

Moda, musiqa, gastronomiya, raqamli madaniyat, ijodiy mavzelar, yangi ko‘rgazmalar, parklar, tungi bozorlari — bularning barchasi shaharga o‘ziga xos ritm beradi. Seul 2026-yilda Osiyoning zamonaviy estetik qiyofasini belgilovchi shahar sifatida tan olindi.

Nima uchun bu yo‘nalishlar muhim

Ushbu ro‘yxat Osiyo qanchalik rang-barang ekanini ko‘rsatadi:

— san’at orollari,

— futuristik megapolislari,

— qadimiy tarixiy markazlari,

— nafis saroy shaharlar.

Shu fon ostida O‘zbekistonning ro‘yxatga kirishi juda muhim — mamlakat zamonaviy, ochiq, ijodiy va ilhom bag‘ishlaydigan Osiyoning yangi sayohat to‘lqinining bir qismiga aylanmoqda.


Manba: Condé Nast Traveler